"Spartak" 2 nafar futbolchi bilan xayrlashdi

  • 18.01.2021 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Spartak" o‘zining ikki futbolchisi bilan xayrlashdi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, himoyachi Maksim Sazonov va yarim himoyachi Vladislav Vasilev jamoani tark etgan.

Har ikkala futbolchi bilan ham o‘zaro kelishgan holda shartnomalar bekor qilingan.

20 yoshli Sazonov "Spartak" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Spartak-2" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi.

21 yoshli Vasilev "Spartak"ga 2019 yil Smolenskning "Dnepr" klubidan kelib qo‘shilgan. U "Spartaka-2" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!