“Spartak” O‘runov uchun qancha to‘lagan? Ostonning haqiqiy transfer summasi oshkor bo‘ldi

  • 20 noyabr, 2020, 19:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov jurnalistlar bilan suhbatda “Ufa”ning iste’dodli futbolchisi Oston O‘runov uchun aslida qancha xarajat qilinganini oshkor qildi. Transfermarkt portali va ommaviy aborot vositalari bu transfer 1,5 million evroga tushganini yozgandi. Aslida transfer boshqa summada amalga oshirilgan ekan.

Tecno

1581316578_ufa2

- Oston O‘runov Sizning “Spartak”dagi birinchi transferingiz bo‘ldi. Afsuslanmayapsizmi?

- Bu erda boshqa gap bor. Agar men Ostonni “Spartak”ga olib kelmaganimda, u hozir boshqa klubda o‘ynayotgan bo‘lardi.

- Men boshqa jamoa TsSKA ekanini bilaman...

- Ha, TsSKA yoki "Rubin”ga ham o‘tishi mumkin edi. U yuqori darajada o‘ynagan bo‘lardi, bu hech kimga sir emas. Bugun futbol bilan shug‘ullanayotgan odamlarning hammasi buni yaxshi biladi. Uni olmaganimda ham tanqidlar ostida qolardim. O‘zining qo‘l ostidagi o‘yinchini olib kelmadi, deyishardi. Shunday bo‘lganda, men ham o‘zimni koyirdim: “Ufa”dan “Spartak”ga o‘tayotgandan jamoaning o‘sishga qodir bo‘lgan asosiy o‘yinchisini nega olib ketmadim?”. 

Bu futbolchini qo‘ldan chiqarishga haqqim ham, imkoniyatim ham yo‘q edi. Oston to‘g‘risida o‘zimga yaqin odamlar bilan murakkab tortishuv va munozaralar bo‘lgandi.

- Kim bilan?

- Hozir buni aytgim yo‘q.

- Ular Moskva klublaridanmi?

- Albatta.

- Balki Siz TsSKAni nazarda tutayotgandirsiz. Ular O‘runovni olishni istagandi. Buni Goncharenko ham, Girer ham juda qattiq xohlagandi. Men hatto so‘nggi yillarda TsSKAning yonida turgan Alisher Usmonov ham bu voqealarga aralashganini eshitdim. Siz Usmonov bilan gaplashdingizmi?

4a39ad59f11ea83a9f45e98760dd8

- Yo‘q. Men bu voqeaga “katta odamlar” aralashadigan darajada tus bera olmayman. Men bir gapni yana qaytarib aytaman. Rossiya futbolidagi har bir odam, umuman olganda, hamma buni biladi. Men O‘runovni “Spartak”ga olib kelmasam bo‘lmasdi. U “Spartak”da o‘z vazifasini, albatta, bajaradi. Uni transfer mavsumining oxirigi lahzalarigacha “Spartak”dan olishga tayyorlar bor edi.Hozir ham so‘rayotganlar bor.

- Kim uni olmoqchi bo‘ldi, ijaragami?

- Ijaraga olishdan tashqari, transfer qiladiganlar ham bor.

- Ikki million evrodan ortig‘iga oladiganlar bormi?

- Albatta. Aslida Oston O‘runov bir million evroga olingan. Uni qo‘lga kiritish uchun “Spartak” hammasi bo‘lib,  1,3 million evro sarfladi. Bu transfer juda qiyin kechdi.

- Mozesning transferidan ham qiyin bo‘ldimi?

- Ha, shunday bo‘ldi.

Oston O‘runov transferi hamon Rossiya matbuotida keng muhokama qilinmoqda. Asariyat mutaxassislar o‘zbekistonlik yarim himoyachining katta salohiyatiga ega ekanini, u "Spartak" o‘yiniga moslashib olsa, bor iste’dodini namoyon eta olishiga ishonmoqda. 

O‘z navbatida, hamyurtimizni tanqid qilayotganlar ham yo‘q emas. Ularning aksariyati "Spartak" bosh direktori Shamil Gazizovdan yulduz darajasidagi futbolchilarni olib kelishni talab qilgan muxlislar va mutaxassislardir.

Shu o‘rinda, Oston O‘runov ancha yosh ekanini alohida ta’kidlash lozim. Uning yangi jamoaga va yangi muhitga moslashishi uchun vaqt kerak. Bundan tashqari, futbolchimizning transfer vaqtida koronavirusga chalingani, oktyabr va noyabr oylarida ketma-ket ikki marta jarohat olgani ham uning o‘zini ko‘rsatishiga salbiq ta’sir qilmoqda. 

Tedesko: Kokorin bo‘lmasa, O‘runov bor!

Rossiya futbolida mojaro. Jaloliddinov jamoadoshlari O‘runov jamoasiga qarshi o‘ynashdan bosh tortmoqda!

“O‘runovning zo‘r futbolchi bo‘lishiga ishonmayman!”

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!