
“O‘runovning zo‘r futbolchi bo‘lishiga ishonmayman!”
“Lokomotiv” klubining sobiq prezidenti Ilya Gerkus jurnalistlarga bergan intervyusida “Spartak”dagi o‘zgarishlar va transferlar haqida ham gapirdi.
- “Spartak” hozir sobiq bosh direktor Tomas Tsorn va bosh murabbiy Domeniko Tedeskoning hamkorlikdagi faoliyati samarasidan foydalanyapti. Ular hamfikr edi, biroq bittasi ketdi. Shamil Gazizov ham yaxshi boshqaruvchi, har holda bor narsalarni yo‘qotib yubormadi. Nimlardir qilishga urinyapti. Viktor Mozesni olib keldi. Oston O‘runov va Aleksandr Kokorin haqida biron nima deya olmayman. Bu transferlar amalga oshmasligi ham mumkin edi. Balki ular zo‘r futbolchi bo‘lib etishar, lekin shaxsan men bunga umuman ishonmayman, - dedi Ilya Gerkus.
Oston O‘runov “Ufa”dan 1,5 million evro evaziga transfer qilindi va “Spartak” tarkibida barcha turnirlarda ettita o‘yinda bitta gol urdi. Erkin agent sifatida moskvaliklar safiga qo‘shilgan Kokorin esa, sakkizta uchrashuvda o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.
Fikrlar