"Spartak" Oston transferidan foyda ko‘rmaydi!

  • 15 iyun, 2021, 13:01
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" klubi rahbari Leonid Fedunning rafiqasi Zarema Salixova jamoa yarim himoyachisi Oston O‘runovni "Ufa"ga sotsa ham uning transfer harajatlarini qoplay olmaydi deya hisoblamoqda.

Tecno

Uning fikricha, "Spartak" O‘runovning transferidan foyda qila olmaydi. Bonuslarning uzi 321 ming evroni tashkil qilgan. Maoshning asosiy qismi dastlabki 4 oyda to‘langan. Qolgan 10 yoki 15 foizini "Ufa" ijaraga olgani uchun to‘lagan. Bu ishlar uchun Zarema moskvaliklar sobiq menejeri Shamil Gazizovni aybladi.  

Avvalroq, Moskva klubi bosh direktori Evgeniy Melejikov "Ufa" Ostonni transfer huquqini sotib olishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.

Oston O‘runov o‘tgan yili "Ufa"dan "Spartak"ka transfer qilingan, qishda yana sobiq klubiga ijara asosida qaytgandi. U boshqirdistonliklar safida 16ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
15/06/2021 13:29
Узбекистонликларни пули, гази хисобига харом йуллар билан бойиган Лукойл томонидан молиялаштириладиган бу ифлос клубдан яхшилик кутиб булмайди.
Baxil Alihuja
15/06/2021 13:22
Фойда куриш учун хар томонлама уйлаш керак эди! Мусулмонни кизи булиб туриб, Гайридин эрга тегса бундай аёлга ишониб булмайди. Эри урнига узи чикиб гапирворибди.