“Spartak” qishda O‘runovni transfer qilishga tayyor!

  • 21 noyabr, 2020, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovning foydasi uchun uni boshqa jamoalarga qo‘yib yuborish varianti borligi haqida ma’lumot berdi.

Tecno

- Oston O‘runovning asosiy tarkibga kira olmayotgani haqida biroz shoshilmagan ma’qul.  Hali oldinda o‘yinlar bor. U hozir jarohatlaridan tiklanib bo‘ldi. Lekin men ijara varianti borligini ham rad etmayman. Hatto uning o‘sishini ta’minlash maqsadida O‘runovni qishki transferlar vaqtida sotib yuborishimiz ham mumkin. Unga rivojlanishi uchun imkon berish kerak. Biz futbolchini to‘liq tushungan holda qaror qilishimiz kerak. Futbolchi muntazam o‘sib borishi kerak. Shuning uchun ham doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan futbolchilar ketgani ma’qul. Bu “Spartak”ning hamma o‘yinchilariga tegishli, - dedi Shamil Gazizov.

Oston O‘runov “Spartak” safiga yozda “Ufa”dan kelib qo‘shilgan edi. Hozircha hamyurtimiz moskvaliklar safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

O‘runovga Rossiya jamoalaridan tashqari, Germaniyadan ham takliflar bo‘layotgani aytilmoqda.

“Spartak” O‘runov uchun qancha to‘lagan? Ostonning haqiqiy transfer summasi oshkor bo‘ldi

Gazizov: O‘runov top darajadagi o‘yinchi, bunaqalar Rossiyada kam va u Evropaning katta klublarida o‘ynaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!