
“Spartak” xorijdan taklif oldi. Bu katta ehtimol bilan O‘runovga atalgan bo‘lishi mumkin!
“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov haqida fikr bildirar ekan, gapning orasida muhim ma’lumotni ham aytib o‘tdi.
- 19 avgust kuni “Ufa” bilan bo‘ladigan o‘yinda yangi futbolchilarning debyutini kutyapmiz. O‘runov sport formasini tiklamoqda. U koronavirusdan davolandi va tabiiyki, jismoniy holatini ko‘tarish kerak edi. Tashqaridan aniq taklif bor va taklifnoma stol ustidan turibdi. U hali maydonga tushmagan o‘yinchiga atalgan. Agar futbolchilarga yaxshi taklif kelsa va ular ketishni istasa, biz to‘sqinlik qilmaymiz. Keling, ozgina sabr qilaylik va tinchgina katta transferni amalga oshiraylik, - dedi Gazizov.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Bundesliga vakili Oston O‘runov uchun “Spartak”ga 5 million evro taklif qilgan edi. Moskvaliklar esa o‘zbek futbolchining transferini kamida 15 millionga baholamoqda.
O‘runov “Spartak uchun daromad manbaimi yoki istiqboldagi etakchi?
Fikrlar