"Spetsiya"ga qarshi o‘ta muhim bellashuv oldidan "Jenoa" bosh murabbiyi nimalar dedi?

  • 24 aprel, 2021, 01:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 33-turi doirasida "Jenoa" "Spetsiya"ni qabul qiladi. Ushbu bellashuv oldidan genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"O‘tgan galgi o‘yinda turnir jadvalidagi holat mutlaqo boshqacha edi. Bugun esa unday emas. Ushbu bahsga teng ochko bilan etib kelyapmiz. "Spetsiya" - A Seriya joriy mavsumining haqiqiy kashfiyoti. Bugungacha o‘tkazgan o‘yinlari bilan ular buni isbotlay oldi. 

Bugungi o‘yin turnir jadvalidagi holatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Oldimizda juda kam o‘yinlar qoldi va bizga g‘alabalar kerak. 

Men B seriya xavfidan to‘liq qutuldik, deb o‘ylamayman. Ortimizdagi jamoalarning hammasi kuchli va ular ochkolar yig‘ishda davom etmoqda. Xotirjam nafas olishimiz uchun qancha ochko olishimiz lozimligini bilmayman", - dedi Ballardini. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!