Sportchimiz Italiyada g‘alabali yurishini boshladi

BEPUL PROPAN

Italiyaning Barletta shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi “Open Città della Disfida” xalqaro turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Humoyun Sultonov turnirning ilk davrasida ukrainalik Oleksandr Ovcharenkoga qarshi kortga chiqdi va 2:6, 7:6, 7:5 hisobida zafar quchdi.

Endi tennischimiz navbatdagi bosqichda xorvatiyalik Matey Dodi bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot o‘rnida: Humoyun Sultonov bundan avval, mart oyining boshida Gretsiyaning Xersonisos shahrida bo‘lib o‘tgan "Chellenjer" turnirida ishtirok etgan edi. Ushbu musobaqadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng ikki hafta davomida qayta tiklanish jarayonini o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!