
Sportni rivojlantirish vazirligining asosiy vazifalari belgilandi
Nizomga muvofiq, Sportni rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va sport sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi.
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va ParaOsiyo o‘yinlari, Jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni tayyorlash vazirlikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Shuningdek, vazirlik O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Vazirlik tarkibiga quyidagi OTMlar kiradi:
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallari;
“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining Samarqand filiali.
Nizom bilan vazirlikning huquqlari va javobgarligi, maqomi, moliyalashtirish tartibi belgilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sportni rivojlantirish vazirligi 2022 yil 18 fevraldagi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.
Fikrlar