
SPORTS.uz Belgrad-2021. Abdumalik Xalakov ishtirokidagi final yakunlandi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati sekin-asta yakunlanmoqda. Musobaqada bugundan finallar o‘tkaziladi.
Ushbu bosqichga o‘zbekistonlik bokschilardan faqatgina bir nafari etib keldi xolos. Bu Abdumalik Xalakov.
-60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov JCh yarim finalida eronlik Daniel Shaxbaxshga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq, eronlik bokschining jarohati jiddiy ekanligi sababli u ringga chiqmadi. Shu tariqa, Abdumalik avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi!
Finalda hamyurtimiz frantsiyalik Sofiane Oumia bilan ringga ko‘tariladi. Jang bugun Toshkent vaqti bilan taxminan 22:35dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi esa ko‘k formada harakat qiladi.
Birinchi raund boshlandi.
Abdumalik yakkalik zarbalar bermoqda. Raqibni ta’qib qilyapti. Hamyurtimiz doimgidek qo‘llarini tushurib, erkin harakat qilyapti. Qarama-qarshi zarbalar. Chap qo‘lda Xalakov zarbasini o‘tkaza oldi. O‘zi ham bitta zarba qabul qildi.
Xalakov apperkot zarbasini yo‘lladi. Biroz kuchsiz chiqdi. Klinch...
Birinchi raund frantsiyalik bokschi foydasiga 5:0.
Ikkinchi raund boshlandi.
Endi Xalakovga oson bo‘lmaydi. Chunki ilk raund 5:0 hisobida boy berildi.
Frantsiyalik bokschida ham texnika yaxshi ekanligi ko‘rinib turibdi. Xalakovga munosib raqib. Abdumalik zarba o‘tkazib yubordi. Yana shunday holat. Hamyurtimiz hujumga o‘tayotganda qarshi zarba qurboniga aylanyapti.
Qarama-qarshi zarbalar yo‘llanmoqda. Ikkinchi raund ham frantsiyalik bokschi foydasiga 5:0.
Uchinchi raund boshlandi.
Ha ana endi Xalakov oldinga borishdan boshqa chorasi yo‘q. Shunday ham bo‘lmoqda. Zarbalar almashinuvi. Abdumalik ikkilik zarbasini qabul qilib oldi.
Yakkalik zarbasini berdi vakilimiz. Yana qarshi zarbani o‘tkazib yubordi.
Jang yakunlandi. Hakamlar frantsiyalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi 5:0. Abdumalik Xalakov esa kumush medal sohibiga aylandi.
Fikrlar