SPORTS.uz Belgrad-2021. Bugun o‘zbekistonlik Abdumalik Xalakov finalda frantsiyalik bokschi bilan jang o‘tkazadi

  • 05.11.2021 15:17
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati sekin-asta yakunlanmoqda. Musobaqada bugundan finallar o‘tkaziladi.

Ushbu bosqichga o‘zbekistonlik bokschilardan faqatgina bir nafari etib keldi xolos. Bu Abdumalik Xalakov.

-60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov JCh yarim finalida eronlik Daniel Shaxbaxshga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq, eronlik bokschining jarohati jiddiy ekanligi sababli u ringga chiqmadi. Shu tariqa, Abdumalik avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi!

Finalda hamyurtimiz frantsiyalik Sofiane Oumia bilan ringga ko‘tariladi. Jang bugun Toshkent vaqti bilan taxminan 22:45dan so‘ng boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Madiyar Saidrahimov (-92 kg) yarim finalda kubalik La Kruz Peraza bilan jang o‘tkazdi. Bellashuvda hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Madiyar jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!