
SPORTS.uz Belgrad-2021. Ikkinchi kungi finallarda AQSh va Kuba etakchi. O‘zbekiston sovrindorlar qatorida
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. 6 noyabr kuni ikkinchi kungi finallar o‘tkazildi, 6 ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.
Quyida finallarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
-51 kg vazn toifasidagi finalda amerikalik Roskos Xill qozog‘istonlik Saken Bibossinov (o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatovni 1/16 bosqichda yutgan 5:0) bilan kuch sinashdi. Hakamlar qozog‘istonlik boksning g‘alabasini qayd etishdi.
Uchinchi o‘rin rossiyalik Aktem Zakirov va tailandlik Tanarat Saengxetga nasib etdi.
-57 kg vazn toifasidagi finalda amerikalik Jamal Xarvey qozog‘istonlik Serik Temirjanov bilan ringga ko‘tarildi. Jangda Xarvey (Mirazizbek Mirzaxalilov 1/8 finalda yutgan 4:1)ning qo‘la baland keldi.
Uchinchi o‘rinni frantsiyalik Samuel Kistoxarriy va kubalik Osvel Garsiya egalladi.
-63,5 kg vazn toifasidagi finalda turkiyalik Kerim Ozmen kubalik Endi Kruz (o‘zbekistonlik Mujibullo Tursunov 1/4 finalda 5:0) bilan jang o‘tkazdi. Hal qiluvchi to‘qnashuvda kubalik bokschi g‘alaba qozondi.
Uchinchi o‘rinni shotlandiyalik Rise Linch va armanistonlik Xovxannes Bachkov band etdi.
-71 kg vazn toifasidagi finalda rossiyalik Vadim Musaev ukrainalik Yuri Zaxarievga to‘qnash keldi. Jangda Yuri Zaxariev g‘alaba qozondi.
Uchinchi o‘rin albaniyalik Alban Bekiri va ozarbayjonlik Sarkan Alievga nasib etdi.
-80 kg vazn toifasidagi finalda belaruslik Aleksiy Alfiorau amerikalik Robbiy Gonsales bilan ringga ko‘tarildi. Yakunda Robbiy Gonsales (o‘zbekistonlik Odiljon Aslonov 1/8 final 4:1)ning qo‘li baland keldi.
Uchinchi o‘rinda serbiyalik Vladimir Mironchikov va rossiyalik Savelli Sadoma qayd etildi.
-92 gk vanz toifasidagi finalda kubalik Julio La Kruz Peraza italiyalik Aziz Abbos Muhiddinga to‘qnash keldi. Jangda kubalik bokschi oltin medalga ega chiqdi.
Uchinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Madiyar Saidrahimov va ispaniyalik Emanuel Reyes Pla band etdi.
SPORTS.uz Belgrad-2021. Finalning birinchi kunida Yaponiya eng yaxshi natijaga erishdi. O‘zbekiston-chi?
Ikkinchi kungi finallar va sovrindorlar
Amerika 2 oltin, 1 kumush
Kuba 2 oltin, 1 bronza
Qozog‘iston 1 oltin, 1 kumush
Ukraina 1 oltin
Rossiya 1 kumush, 2 bronza
Belarus 1 kumush
Turkiya 1 kumush
Italiya 1 kumush
O‘zbekiston 1 bronza
Ispaniya 1 bronza
Serbiya 1 bronza
Tailand 1 bronza
Frantsiya 1 bronza
Shotlandiya 1 bronza
Armaniston 1 bronza
Albaniya 1 bronza
Ozarbayjon 1 bronza
BEKZOD Isaev tayyorladi
Fikrlar