
SPORTS.uz Belgrad-2021. Jang o‘tkazmasdan finalga chiqqan Abdumalik Xalakovning fikrlari
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada chorak finallar yakunlandi. Yarim finallar o‘tkazilmoqda.
-60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov JCh yarim finalida eronlik Daniel Shaxbaxshga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq, eronlik bokschining jarohati jiddiy ekanligi sababli u ringga chiqmadi. Shu tariqa, Abdumalik avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi!
Abdumalik Xalakov SPORTS.uz saytiga ushbu voqqelikdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
- Assalomu alaykum SPORTS.uz sayti muxlislari. Bugun yarim finalda jang o‘tkazishim kerak edi. Afsuski, eronlik raqibim jarohat olganligi uchun jang bo‘lmadi. Ertaga final. Duo qilib turinglar.
Shuningdek, hozir Madiyar aka Saidrahimovning ham yarim final jangi bo‘lib o‘tadi. Ularni ham duo qilib turasizlar degan umiddaman, - dedi Abdumalik Xalakov.
Endi hamyurtimiz finalda frantsiyalik Sofiane Oumia bilan ringga ko‘tariladi.
Fikrlar