SPORTS.uz Belgrad-2021. Madiyar Saidrahimov g‘alaba qozonib, bronza medalini naqd qildi

  • 03.11.2021 01:05
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada nimchorak finallar yakunlandi. Endi navbat chorak finallarga.  

Bugun O‘zbekiston sharafini 6 nafar bokschimiz himoya qilishi belgilangandi. Hozirgacha o‘tkazilgan 5 ta jangdan faqatgina bittasida g‘alaba qozondik xolos. Endi esa kun doirasidan o‘rin olgan biz uchun oxirgi jang bo‘lib o‘tadi. 

Madiyar Saidrahimov (-92 kg) angliyalik Lyuis Uilyams bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 00:55dan so‘ng boshlanadi (A ring).

Ushbu juftlik g‘olibi 4 noyabr kuni yarim finalda kubalik La Kruz Peraza bilan to‘qnash keladi.

Bokschilar ringga chiqib keldi. Madiyar Saidrahimov ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.   

Birinchi raund boshlandi.

Madiyar raqibining qorin qismiga zarba yo‘lladi. Klinch holati...

Hamyurtimiz yana qorin qismiga va kroos zarbasini yo‘lladi. Saidrahimov ajoyib harakat qilmoqda. Hozircha yomon emas.

Hozirgi holatda Madiyarning o‘zi ham bitta zarba qabul qilib oldi. O‘z navbatida vakilimiz bunga javob zarbasi yo‘lladi. Hamyurtimiz ikkilik zarbasini yo‘lladi. 

Birinchi raund bizning foydamizga 5:0.

Ikkinchi raund boshlandi.

Vakilimiz ikki bor aylanma zarbasini berdi. Angliyalik Lyuis Uilyamsning javobi esa havoga uchdi. Klinch holati ko‘paymoqda.

Madiyar Saidrahimov ketma-ket zarbalar bermoqda. Ayrimlari noaniq. Biroq raqib qarshi zarbar berishiga imkon bermayapti. Klinchda turgan hamyurtimiz bir marta yuz qismiga, bir bor qoringa zarba berdi.

Ikkinchi raund ham bizning foydamizga 5:0.

Uchinchi raund boshlandi.

Oxirgi raund. Bo‘shashmaslik lozim. Raqib tavakkal qilib oldinga o‘tadi. Lekin Madiyar bunday holatga tayyorligini ko‘rsatmoqda. Klinch holati yana...

Uxx yana bir bor Madiyar raqibining yuz qismiga aniq qva kuchli zarba berdi. Ustunlik biz tomonda. shu ruhda davom etish darkor.

Jang yakunlandi. Hakamlar Madiyarning g‘alabasini qayd etishdi. Hamyurtimiz keyingi bosqichda.

Madiyar 4 noyabr kuni yarim finalda kubalik La Kruz Peraza bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
04/11/2021 00:47
Олға Мадияр омад сенга ҳамроҳ бўлсин.
&
Бухорий Шариф
04/11/2021 00:47
Олға Мадияр омад сенга ҳамроҳ бўлсин.