SPORTS.uz Belgrad-2021. Qozog‘istonlik bokschini taslim etgan Madiyar Saidrahimov: O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishni maqsad qilganmiz

  • 1 noyabr, 2021, 01:15
  • Bekzod Isayev
  • 1
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Tecno

Biroz avval Madiyar Saidrahimov (-92 kg) qozog‘istonlik Aibek Oralbay bilan ringga ko‘tarildi va unda vakilimiz g‘alaba bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Jangdan so‘ng Madiyar Saidrahimov SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Qiyin jang bo‘ldi. Qozog‘istonlik bokschi ancha tajribali edi. Allohga shukr, g‘alaba qozondim. Nasib qilsa, keyingi janglarda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishni maqsad qilganmiz.

Natija e’lon qilinayotganda, juda hayajonda edim. Chunki raqibim ham kuchli edi, - dedi Madiyar Saidrahimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Бахтийор Бобойиб
01/11/2021 01:20
Сан кучли ракибмас. Ухламай кутдим.