
SPORTS.uz Belgrad-2021. Shahobiddin Zoirovning mag‘lubiyati bo‘yicha apellyatsiya beriladimi?
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun O‘zbekiston nomidan birinchi bo‘lib Shahobiddin Zoirov (-54 kg) ringga ko‘tarildi. U yaponiyalik Tomoya Tsuboyiga qarshi jang o‘tkazdi.
Bir qarashda g‘alaba qozongan Zoirov yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra kutilmaganda engilgani qayd etildi - 3:2. Yaponiyalik bokschi chorak finalga yo‘l oldi.
Ringdagi Zoirov va murabbiylar shtabi natijadan hayratda qolishdi. Bu pallada ko‘pchilikning hayoliga bir narsa - apellyatsiya kelmoqda. Apellyatsiya berilsa, natija balki boshqacha bo‘lishi mumkin. Bu borada murabbiylar qanday qarorga keladi?
Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzating!
Fikrlar