SPORTS.uz Belgrad-2021: Hasanboy Do‘smatovning mag‘lubiyati bo‘yicha apellyatsiyaga qanday javob bo‘lganini bilasizmi?

  • 31 oktabr, 2021, 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

Hasanboy Do‘smatov ilk bosqichda qozog‘istonlik Saken Bibosinovdan engildi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Ushbu kutilmagan natijadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov bilan intervyu tashkil qildik. U Hasanboy Do‘smatovning jangi va apellyatsiya borasida SPORTS.uz saytiga ma’lumot berdi.

- Hasanboy bir necha yildan beri professional boksda faoliyat olib bormoqda. Professional tomondan va qattiq hamda aniq zarbani e’tiborga olsak Hasanboy yutdi.

Jangni o‘rganib chiqqanimizda birinchi va ikkinchi raundda ham Hasanboy Do‘smatovda 5 ta zarba ko‘proq edi. Ishqibozlar, murabbiylar ko‘rsa buni tushunadi. Chunki ushbu jangni qozog‘istonlik bokschi tomonidan ham o‘rganib, ko‘rib chiqdik. Shunda fikrimiz to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Biz apellyatsiya berdik. Apellyatsiyani ko‘rib chiqishdi. Ular birinchi raundda Hasanboy yutqazganini, ikkinchi raundda u yutganini aytishdi. Agar jang paytida shu natija e’lon qilinganida, boshqacha bo‘lardi...

SPORTS.uz Belgrad-2021: Hasanboy Do‘smatov mag‘lubiyatga uchradi

sportsuz_asadkhuja-23

Jang payti ikkinchi raunddan keyin Hasanboyga o‘zini bosib harakat qilishi kerakligini uqtirdim. U tempni oshirishini aytdi. Ikkinchi raundda biz 5:0 hisobida g‘alaba qozonganimiz qayd etilishi kerak edi. Bizning foydamizga 5:0 bo‘lmasa ham 3:2 hisobi ko‘rsatilganda, Hasanboyning kayfiyati boshqacha bo‘lardi.

Ko‘pchilik internetda va boshqa joylarda yozishyapti: Hasanboyning zarbalari tegmadi deb. Lekin u uchinchi raundda tavakkal qilishni boshladi. Chunki ochkolar raqibga berildi. Faqat qozog‘istonlik bokschini nokaut qilishi kerak edi. Shu bois Do‘smatov majbur bo‘ldi har qanday harakatga, - dedi Rahmatjon Ro‘zioxunov.

Intervyuning to‘liq qismini quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ахметов Kыдыргали
31/10/2021 16:17
Дурыс айтады егeр счет 1-1 болғанда Дусматов өзінің тактикасында істеп утуы мункин еди.
&
Ашуров Бахтийор
31/10/2021 17:16
Дарҳақиқат!