Srechko Katanets juda ehtiyotkor murabbiymi yoki O‘zbekiston MTJning ahvoli shu darajada havotirlimi?

  • 8 iyun, 2022, 12:55
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashidagi yurishini boshlaydi. Biz uchun noodatiy, ammo o‘zimiz sababchi bo‘lgan bosqich. Terma jamoamiz jahon chempionatining 3-saralashiga chiqa olmagani etmaganidek, qit’a miqyosidagi saralashni ham dastlabki bosqichlardan boshlamoqda.

Srechko Katanets kelganida aksariyat insonlar xursand bo‘lmagani tabiiy. Chunki ko‘plab mumlislar va futbol jamoatchiligi Karlush Keyrushni kutgandi. Ammo bu mutaxassisni yurtimizga olib kelishga ko‘ndira olmadik.

Hozir Srechko Katanets bilan yo‘lga chiqmoqchimiz. Bu murabbiy ham aslida yaxshi saviyada. Biroq Keyrush fonida uning qadri bilinmayapti, hozircha.

Srechko Katanets saralash bahslarida favorit ekanligimiz, ammo bir lekini borligi, asosiy hujumchi kimligi va Superligada yaxshi natijalar ko‘rsatayotgan futbolchilar nega tarkibga jalb qilinmagani borasida gapirdi

IMG_1981

Shuningdek, Katenets ham ayrim fikrlari bilan har gal omma e’tiboriga tushmoqda. Uning matbuot anjumanlarida aytgan gaplari turli xulosalarni bermoqda. Balki havotirlarni ham.

Nega? Shu saralashdagi raqiblar bilan uchrashuvlarda ehtiyotkor yondoshuv kerakligini aytdi. Hamma futbol o‘ynashni biladi, o‘yindan oldin hech kimni yutib bo‘lmaydi va hokazo. Balki murabbiy oldindan katta gapirishni istamas, hammasini maydonda ko‘rsatishni xohlar (shunday bo‘lishiga umid qilamiz). To‘g‘ri, bir qarashda murabbiyning gapida jon bor. Hali maydonga tushmasdan 3 ochko olib bo‘lmaydi. Lekin raqiblarga xurmat saqlagan holda aytish mumkinki, terma jamoamizning natijalari yomonlashgan bo‘lsa ham bu jamoalardan hayiqmay harakat qilishimiz lozim. Chunki biz jahon chempionatiga chiqishni ko‘zlaganmiz. Osiyo Kubogining dastlabki saralash bosqichidayoq raqiblar bilan ehtiyotkor o‘ynash kerakligini o‘ylasak, unda mundial sari uzoq yo‘lga otlanganimizda nima qilamiz? Ishonch bo‘lishi darkor. Hozirgi termamizga shu hislatni olib kirish kerak.

O‘zbekiston MTJning Osiyo Kubogi saralashidagi o‘yinlarini qaysi telekanal namoyish etadi? - Muxlislar tomonidan eng ko‘p berilayotgan savolga javob

IMG_2099

Katanets terma jamoamizni qabul qilishdan avval bizni yaxshilab o‘rgangan. Savollarga hotirjamlik bilan javob beryapti. Natija bo‘lmasa yaxshigina tanqid ostida qolishini biladi va o‘zimizdan ancha pastroqdagi raqiblar bilan bellashuvda ham katta gapirmayapti.

Tarkibga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilinganida bir narsa hayron qoldirgandi. Qaydnomada ayni paytdagi eng kuchli futbolchilar jamlangan (murabbiyning fikricha). Katanetsning tanloviga aralashmoqchi emasman. Faqat bir narsa, shu o‘yinlar uchun O‘zbekiston U-23 terma jamoasining 5 nafar a’zosini zaxira varianti sifatida ko‘rayotgani ajablantirgandi. Hazm qilish qiyin, lekin yana takrorlayman Shri-Lanka, Maldiv orollari jamoalariga qarshi bahslarda o‘ta ehtiyotkorlik / qo‘rquv / hayiqishmi?

photo_2022-05-30_08-58-44

Olimpiya terma jamoamizdan ko‘zlangan futbolchilar iqtidorli, lekin ular hozirgi kunda kimning o‘rniga maydonga tushardi, ochig‘i buni topish ancha qiyin masala.

Yaxshiyamki, Katanets o‘yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Timur Kapadze qo‘l ostidagi futbolchilarni olmasligini aytdi. Biroq yondoshuv murabbiy aytgandek o‘ta ehtiyotkor bo‘lmasligi kerak. Ishonch muhim. Qo‘rqmaslik kayfiyatini uyg‘otish asosiy masala. Aslini olganda, murabbiy shu jihatlarga urg‘u beradi, futbolchilarni jangovor bo‘lishini xohlaydi. Biroq uning o‘zida bu hislatlar ko‘rinmayapti. Umid qilganimiz Iroq terma jamoasida ishlagan kezlari jamoani shunday tayyorlagandi. Bu ishni terma jamoamizda ham uddalashida ishonib qolamiz.

IMG_9276

Bugun Srechko Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazadi. Vakillarimizga bu yo‘lda omad tilab, murabbiyga o‘zi ko‘zlagan maqsadiga etishishini tilab qolamiz!

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
08/06/2022 13:33
Эхтиет булганда худо хам эхтиет килади куллайди
&
СардорТЗ
08/06/2022 13:02
Yana boshladilaringmi yaxshi murabbiyni yomonotliq qilishni, bir balo qilib yo'qotishni reja qilishyapti