Srna "Shaxtyor"dan ketmaslikka qaror qildi
Donetskning “Shaxtyor” klubi sardori Dario Srna qishki transfer davrida jamoasini o‘zgartirish fikridan qaytganligini bildirdi.
“Men avval ham aytganman va hozir ham aytaman “Shaxtyor” mening yuragimda. Men “Shaxtyor”da qolaman va bu qarorimdan mamnunman.
Yuragim “Shaxtyor”da qolishni va “konchilar” bilan chempionatda g‘olib chiqishim kerakligini aytdi. “Barselona” bilan nima bo‘lganini izohlab o‘tirmayman, chunki bu professionallikka to‘g‘ri kelmaydi. Muhimi men eng to‘g‘ri qarorni qabul qildim”, - deydi xorvatiyalik futbolchi Futbol 1 telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Srnaning “Shaxtyor” bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. 34 yoshli futbolchi 2003 yildan buyon “konchilar” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Avvalroq Srna “Barselona” bilan kelisha olmaganidan so‘ng faoliyatini Qatar yoki Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Fikrlar