Stadiondagi oddiy muxlis Chempionshipda hakamlik qildi (foto)

  • 26 noyabr, 2017, 18:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Chempionshipning navbatdagi turidan o‘rin olgan «Norvich» hamda «Preston» (1:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsda qiziq bir holat sodir bo‘ldi.

Tecno

Uchrashuv tugashiga 6 daqiqa qolganida uchrashuvning qanot hakami Mark Jons kutilmaganda jarohat oldi. Uning o‘rnini esa zahiradagi hakam egalladi.

E’tiborlisi, zahiradagi hakam qanotga o‘tkach, uning o‘rnida ishlaydigan hakam qolmadi. Shunda stadiondagi muxlislarning biri bosh hakamga “Men hakamman, men hakamman” deya baqirdi. Bu “Norvich” muxlisi Devid Tornxill edi. Keyin ma’lum bo‘lishicha u rostdan ham mahalliy musobaqalarda hakamlik qilar ekan.

Shundan so‘ng uchrashuv bosh hakami unga elektron tablodan foydalanishni o‘rgatdi va kiyimidan “Norvich” logotipini yirtib tashlashni so‘radi. Unga zahira hakamining qora kurtkasi kiydirildi.

Qizig‘i u ushbu o‘yindagi to‘xtalishlar uchun 10 daqiqa vaqt qo‘shib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!