Shomurodovning raqobatchisi Italiyaga ketmoqchi
Turkiya Superligasi to‘purarlari poygasida Eldor Shomurodov bilan raqobatlashayotgan mashhur hujumchi Mauro Ikardi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Bir necha mavsumdan beri “Galatasaroy”da to‘p tepib kelayotgan argentinalik o‘yinchi yozgi transferlar oynasi vaqtida “Milan”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
32 yoshli hujumchi “Milan”ga hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish va jamoadan ketishi kutilayotgan Santyago Ximenesga o‘rinbosar sifatida taklif qilingan. Ikardining o‘zi ham Istanbul klubini tark etish variantini istisno qilmayapti, chunki so‘nggi paytlarda asosiy tarkibgi kirishi qiyinlashib bormoqda.
Argentinalik futbolchi 2023 yil iyulidan beri “Galatasaray” safida to‘p surib kelmoqda. Mauro Ikardi istanbulliklar safiga PSJdan 10 million evro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Ikardi klub darajasida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi.
Fikrlar