Stam "Feyenoord"ni tark etadi
MYu sobiq himoyachisi Yap Stam "Feyenoord" ustozligidan ketadi. Bu haqda Voetbal International nashri xabar bermoqda. Stam Rotterdam klubini yozda qabul qilib olgan edi.
Klub Gollandiya Eredivizisining o‘tgan 11 turidan so‘ng 12 o‘rinni egallab turibdi.
"Feyenoord" 11 turda o‘z maydonida "Ayaks"ga (0:4) yirik hisobda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, klub muhlislari "Feyenoord" mashg‘ulot maydonchasi atrofiga to‘planib olib, futbolchi va murabbiylar bo‘lgan avtobusga pirotexnika vositalarini o‘loqtirishgan. Gollandiyalik muhlislar Yap Stamning iste’fosini talab qilishmoqda.
Fikrlar