Asosiy mazmunga oʻtish

Stol tennischilarimiz mikst bahslarda nimchorak finalga yo‘l oldi

Zohir2018
Izohlar: 0

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi matbuot xizmati

Qatar poytaxti Doha shahrida stol tennisi bo‘yicha o‘tayotgan musobaqada Rimma Gufranova va Zohid Kenjaev turnirning mikst (aralash) bahslarini g‘alaba bilan boshladi.

Tennischilarimiz ilk davrada Polsha vakillari Yakub Jash va Nataliya Patyakaga qarshi to‘qnash keldi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi terma jamoamiz a’zolari chorak final yo‘llanmasi uchun Gonkong vakillari — Xo Van Kit va Lee Xo Ching bilan raqobatlashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q