
Suares "Atletiko"ni qiyin vaziyatdan olib chiqib ketdi
La Liga 10-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Real Sosedad" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi.
Dastlab, mehmonlar Syorlot va Isakning gollari evaziga oldinga chiqib olgan bo‘lsa, keyinchalik Suares dubl qayd etib, muvozanatni tikladi.
Mazkur durangdan so‘ng "matraschilar" hisobidagi ochkolar 18 taga etdi va ular La Liga turnir jadvalida 4-pog‘onada bormoqda. 21 ochkoga ega "Real Sosedad" ayni damda turnir peshqadami hisoblanadi.
Fikrlar