
Suares "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirib oldi
“Barselona” forvardi Luis Suares bugun bo‘lib o‘tayotgan “Vilyarreal”ga (3:1) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Bu gol esa urugvaylik futbolchi uchun “Barsa” safidagi 194-gol bo‘ldi. Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Suares shu tariqa kataloniyaliklar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirib oldi.
Aniqrog‘i, Suares 194 ta gol urgan Ladislao Kubala bilan birga 3-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Navbatdagi goldan so‘ng, u 3-o‘rinni to‘liq o‘ziniki qilib oladi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” tarixidagi eng yaxshi to‘purar Lionel Messi (630 ta gol) hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinni esa Sesar Rodriges (232 ta gol) egallab turibdi.
Fikrlar