Suares "Inter Mayami"dagi kelajagi haqida gapirdi

  • 19 oktabr, 2024, 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” hujumchisi Luis Suares kelajagi haqidagi savolga javob berdi. 37 yoshli urugvaylik futbolchining AQSh klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabr oyi oxirida yakunlanadi, biroq shartnomada tomonlar roziligi asosida kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.

"Mening agentim klub bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda. Umid qilamanki, mavsumni yuqori darajada, yaxshi jismoniy holatda yakunlayman", - dedi urugvaylik futbolchi.

Suares joriy mavsum MLSda jami 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. U joriy yilning boshidan buyon “Inter Mayami”da o‘ynamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!