
Suares: Men faqat bir jamoaga qaytaman!
“Atletiko”ning chempionligiga o‘zining muhim gollari bilan munosib hissa qo‘shgan Luis Suares o‘zining Angliya premer-ligasiga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.
- Men Angliyaga qaytishim mumkin. Agar shunday bo‘lsa, faqatgina “Liverpul” uchun to‘p tepaman. Angliyada boshqa jamoa uchun o‘ynashim juda qiyin bo‘ladi. Men “Liverpul” rahbariyati va muxlislari bilan yaxshi aloqani saqlab qolganman. Boshqa jamoani tanlashim mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, - dedi Suares.
Urugvaylik futbolchi 2010-2014 yillar davomida “Liverpul” sharafini himoya qilgan. Keyin “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandi. 2020 yilning kuzida kataloniyaliklar Suaresning xizmatlaridan voz kechganidan keyin u “Atletiko”ga o‘tib ketdi.
Fikrlar