Suaresning yagona goli "Atletiko"ga g‘alaba keltirdi

Ispaniya chempionati 16-turida "Atletiko" o‘z maydonida "Xetafe"ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yin madridliklarning to‘laqonli ustunligi ostida o‘tdi. 20-daqiqada Luis Suares jarima zarbasidan so‘ng to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi.

La Liga 16-turidan so‘ng "matraschilar" 35 ochko to‘plab turnir jadvalida yaqqol etakchiga aylanib oldi, "Xetafe" esa 17 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!