Suҳrob Sultonov "Metallurg" aʼzosiga aylandi
"Metallurg" Suhrob Sultonov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan jamoamiz tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal sur’atlarda olib bormoqda.
Yangi mavsumda PRO-Ligada chempionlikni maqsad qilgan "Metallurg" tajribali posbon Suhrob Sultonovni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Sultonov 2013 — 2017-yillar davomida jamoamiz sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Suhrob Sultonov 1990-yil 26-mart kuni tug‘ilgan. Bo‘yi - 196 sm. Faoliyati davomida kiper OKMK, "Metallurg", "Dinamo", "NBU-Osiyo", "Bunyodkor", "Lokomotiv" kabi klublarda faoliyat olib borgan.
"Tajribali darvozabon yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va Suhrob Sultonovga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar