Sulsher "Bornmut" futbolchisini MYuga olib kelmoqchi
"Bornmut" yarim himoyachisi Devid Bruks "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 21 yoshli futbolchini shaxsan “qizil iblislar” ustozi Ule-Gunnar Sulsher o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. “Bornmut” esa uning transferini 56 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Bruks “Bornmut” safiga bundan bir yil muqaddam “Sheffild Yunayted”dan 11,3 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsum jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha imzolangan.

Fikrlar