Sul'sher "Manchester Yunayted"da mavsum oxirigacha vaqtinchalik murabbiy bo‘lishi mumkin

  • 07.01.2026 01:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"The Athletic" nashrining xabariga koʻra, Ole-Gunnar Sulsher mavsum oxirigacha "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajarish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Bugun norvegiyalik mutaxassis klub bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Boshqa nomzodlar qatorida Rud van Nistelroy nomi ham tilga olinmoqda. U oʻtgan mavsumda Erik ten Hag ketganidan keyin jamoaga vaqtinchalik rahbarlik qilgan edi. Shuningdek, yana bir necha nomzodlar bilan dastlabki muzokaralar ham boʻlib oʻtgan.

Manbaga koʻra, hozirda MYu joriy mavsum yakunigacha jamoaga vaqtinchalik murabbiy tayinlash rejasiga amal qilmoqda. Keyin esa klub doimiy asosda ishlaydigan mutaxassisni topish uchun puxta izlanish olib boradi.

Dushanba kuni "Manchester Yunayted" Ruben Amorimni bosh murabbiylik lavozimidan ozod qildi. Chorshanba kuni "Börnli"ga qarshi uchrashuvda asosiy jamoaga U-18 jamoasi murabbiyi Darren Fletcher rahbarlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!