Sul'sher "Manchester Yunayted"ni tekin ga boshqarishga tayyor
Norvegiyalik murabbiy Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted"ni yana vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida boshqarishga katta qiziqish bildirmoqda. Mutaxassis hatto joriy mavsum oxirigacha MYu vaqtinchalik murabbiyi lavozimini bepul (maoshsiz) egalashga ham tayyor, deb yozadi Indykaila News nashri ijtimoiy tarmoqlarda.
Sulsher 2018 yildan 2021 yilgacha "Manchester Yunayted"ni boshqargan.
Avvalroq, "qizil iblislar" murabbiy masalasini hal qilishga shoshilmayotgani va bo‘sh o‘ringa nomzodlarni baholashda davom etayotgani haqida xabar berilgandi. Bu haftada bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Darren Fletcher bajarib turadi.
5 yanvar kuni "Manchester Yunayted" Ruben Amorim klub bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Portugaliyalik mankunianliklar bilan 2024 yilning 11 noyabridan 2026 yilning 5 yanvarigacha ishlagan.
Fikrlar