
Sulsher MYu muxlislari uchun noxush xabarni e’lon qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher hujumchi Antoni Marsyalning ahvoli haqida ma’lumot berdi. Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi a’zosi “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan Qozog‘istonga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
“Antonini mavsum oxirigacha yo‘qotgan bo‘lishimiz mumkin va bu bizni juda ranjitmoqda. Dastavval, unga jiddiy jarohat etmagani haqida xabar berishdi. Endi ko‘rib turibmizki, hammasi jiddiy”, - dedi norvegiyalik mutaxassis.
Marsyal joriy mavsum premer-ligada jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” hali ham APLda 2-o‘rin uchun kurashni davom ettirmoqda. “Qizil iblislar” 3-o‘rinda borayotgan “Lester”dan 1 ochko ko‘p jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar