Sulsher MYuga "Barselona" futbolchisini olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher mavsum yakunlangach jamoadan ketishini e’lon qilgan yarim himoyachi Ander Erreraga munosib o‘rinbosar olib kelmoqchi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra norvegiyalik mutaxassis bu o‘rinda "Barselona" xavbeki Ivan Rakitichni ko‘rmochi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli xorvatiyalik futbolchiga shuningdek Milanning “Inter” klubi ham qiziqmoqda. Uning transferi esa 50 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 52ta o‘yinda ishtirok etdi va 5ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar