Sulsher "Siti" mag‘lubiyatga uchratilgach nimalar dedi?

  • 8 dekabr, 2019, 11:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher kecha "Manchester Siti" (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi hujumga o‘tganimizda xavfsiradik. Biz kamida 3-4 ta gol farqi bilan g‘alaba qozonishimiz kerak edi, ammo, darvozabon ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

“Siti”dan to‘pni olib qo‘yish  judayam qiyin. Ular paslarda ajoyib o‘ynashdi, ammo, biz hujum qilgan paytimiz juda xavfli edik. To‘pni qaerda olib qo‘yish muhim emas, uni to‘g‘ri oshirish muhim”, - deydi norvegiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!