
Sulsher yangi mavsumda MYuning asosiy darvozaboni kim bo‘lishini aytdi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher yangi 2020/21 yilgi mavsumda jamoa darvozasini qo‘riqlaydigan asosiy posbonni tanladi.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, norvegiyalik mutaxassis joriy mavsumdagi omadsiz o‘yinlarga qaramay yana David De Xeaga ishonch bildirishda davom etmoqchi.
29 yoshli ispaniyalik darvozabon MYu safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar