
Sulsher yozda MYuni tark etadigan 4 nafar futbolchi nomini e’lon qildi
Joriy yozgi transferlar davrida "Manchester Yunayted"ni tark etadigan 4 nafar futbolchi nomi ma’lum.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” ustozi Ule Gunnar Sulsher mavsumlar oralig‘ida Matteo Darmian, Markos Roxo, Xuan Mata va Romelu Lukakularning ketishiga qarshilik qilmaydi. Tak’idlash kerakki, ular orasida faqatgina Mata shartnomasi yakuniga etayotgani bois erkin agent sifatida ketadi. MYu qolgan uchta futbolchining transferidan yaxshigina daromad qilib olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Lukakuga Milanning “Inter” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar