Super battl! Levandovski kuchlimi yoki Benzema? Statistikaga nazar solamiz

  • 21 iyul, 2022, 02:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2022/2023 yilgi mavsumda Benzema hamda Levandovski o‘rtasida jiddiy kurash guvohi bo‘lamiz. "Bavariya"dagi muvaffaqiyatli 8 mavsumdan so‘ng polshalik goleador nega Kataloniya klubiga o‘tganini tushundingiz, nazdimda. Uning sobiq agenti aytganidek, Levandovski Benzemada kuchliligini isbotlamoqchi. Xo‘sh, kim kuchliroq? Keling, statistikaga nazar solamiz. 

O‘tgan mavsumdagi statistika (gol + pass) 



Qiziq tomoni, penaltilardan urilgan gollarni olib tashlasak, har ikkala futbolchining 90 daqiqa davomidagi statistikasi tenglashadi. 

xG

Levandovski 42 xG bilan 50 ta gol urgan, Benzema esa 32 xG bilan 44 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Tecno

Bu shuni anglatadiki, frantsiyalik goleador qiyin bo‘lgan vaziyatlarda ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Robertning bu boradagi natijasi Karimnikidan biroz pastroq. 

Zarbalar 

Levandovski Benzemaga qaraganda aniqroq va ko‘proq zarba yo‘llagan. 


Ta’kidlab o‘tish joiz, Karim darvoza tomon zarba berishda ancha ehtiyotkor. Shunday bo‘lsa-da, aniq zarbalar foizida u polshalik forvarddan kichik farq bilan ortda. 

Maydondagi faollik 

Levandovskining 2021/2022 yilgi mavsumda maydonda faol harakat qilgan nuqtalari


Benzemaning 2021/2022 yilgi mavsumda maydonda faol harakat qilgan nuqtalari

Mazkur xaritani ko‘rib, shu xulosaga keldik: Benzema ko‘proq qanotlarda ham faol o‘ynab, hujum tashkil qilishda yordam beradi. Levandovski - haqiqiy klassik "to‘qqizlik" hujumchi. 

Uzatmalar

O‘tgan mavsumda Levandovski o‘z chempionatida Karimga nisbatan ko‘proq maydonga tushgan. Shunday bo‘lsa-da, paslar borasida u frantsuzdan katta farq bilan ortda. 

 

Himoyalanish 

Robertni oyog‘iga to‘p kelishini kutadigan dangasa hujumchi, deb bo‘lmaydi. U o‘yin davomida pressinglarda faol ishtirok etadi va himoyada ham ancha ishonchli o‘ynaydi. Ayniqsa, Nagelsmann qo‘l ostida undagi bu jihat yana ham rivojlandi. 

Levandovski pressing, to‘pni olib qo‘yish, podkat va hatto blokirovkalarda ham raqobatchisidan ancha ustun. 

Xulosa

Ayni vaqtda Robert Levandovski eng yaxshi hujumchi va haqiqiy mergan, Karim Benzema esa hujumlarni tashkil qilishda foydaliroq. 

Biz bahs-munozaralardan qochib, bu ikki futbolchining o‘yinidan zavq olishni taklif qilamiz. Umid qilamizki, Robert o‘zining sermahsulligini La Ligada ham davom ettiradi. Raqobatning kuchli bo‘lishi qiziqishni orttiradi.

Messi va Ronaldu ketganidan so‘ng "el-klasiko"larda bir-biriga printsipial raqobatchi sifatida qaraydigan futbolchilarni ko‘rmadik. Ana endi buning guvohi bo‘lamiz, nazdimda. Bilasizmi, ularning biri 33, boshqasi esa allaqachon 34 yoshda. Qariganda ko‘ngillari raqobat istab qolibdi. Biroq ko‘rsatayotgan o‘yinidan xulosa qilib, ularni qarigan ham deb bo‘lmaydi-da. Ular faoliyatlarining so‘nggi yillarini yuqori "nota"da yakunlashga qaror qildi. Chin futbol muxlisi uchun muhokamali va qiziqarli jarayon. Ko‘ramiz, yakunda kimning "ovozi" balandroq jaranglar ekan.  



                                                                                                               Xudayqulov Karim tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!