Superfutbolchi “Yunayted”ni emas, “Siti”ni tanladi
Angliya Premier-ligasining keyingi mavsumlardagi kashfiyotlaridan hisoblangan Elliot Anderson faoliyatini mamlakatning yanada kuchliroq klublarida davom ettirish imkoniga ega.
Bu futbolchiga bir necha klub, xususan, Manchester shahrining ikki jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
The i Paper nashri ma'lumotlariga ko'ra, Anderson o'zi og'iz solayotgan “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” orasida tanlov qilishiga to'g'ri kelsa, u Xosep Gvardiola jamoasini tanlaydi.
Chunki, ayni paytda “shaharliklar” amalga oshirayotgan loyiha bir necha yillardan beri inqirozdan chiqishga urinayotgan “Manchester Yunayted”nikiga nisbatan ancha jozibador va realroq ko'rinmoqda.
Bu mavsumda 23 yoshli Anderson barcha turnirlarda 29 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning “Nottingem Forest” bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining qiymatini 60 million yevroga baholashmoqda.
Fikrlar