Supergol urgan Shomurodov o‘yindan keyin o‘tkir gapirdi
Jahon chempionatida ilk bora qatnashgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun dastlabki tajriba omadsiz keldi. Futbolchialarimiz harchand harakat qilmasin, guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda raqiblarga imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov jamoaning 2026 yildgi jahon chempionatidan guruh bosqichidaoq chiqib ketgani haqida fikr bildirdi. Ma’lumki, terma jamoa barcha uch uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, birorta ham ochko to‘play olmadi. Shomurodov musobaqada bitta gol muallifi bo‘ldi.
«Endi o‘zimizdagi zaif tomonlarni aniq ko‘rdik. Jahon chempionati darajasida o‘zimizni sinab oldik. Ayniqsa, Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi o‘yinlar esda qoladi. Agar 0 ochko olgan bo‘lsak, demak, hozirgi holatimiz, darajamiz shu. Endi asosiy vazifa — o‘sish, rivojlanish. Muxlislardan ularni xursand qila olmaganimiz uchun uzr so‘rayman», — deya Shomurodovning so‘zlarini «Chempionat» nashri muxbiri Andrey Pankov keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi avvalroq DR Kongo va Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan, Portugaliyaga qarshi bahs esa yirik 0:5 hisobida yakunlangan edi.

Fikrlar