Superhujumchi mana shunaqa bo‘ladi!

  • 18 may, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning 31 yoshli angliyalik hujumchisi Harri Keyn to‘purarlik borasida Germaniya Bundesligasining tarixiy rekordini o‘rnatdi.

OptaFranz statistika markazining ma’lum qilishicha, tajribali hujumchi Bundesligadagi dastlabki ikki mavsumida ketma-ket ikki marta to‘purarlik poygasida g‘olib chiqqan birinchi futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Harri Keyn bu mavsum chempionatning 31 ta uchrashuvida ishtirok etib, raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qildi. To‘purarlik poygasida eng yaqin ta’qibchilari – Seru Girassi va Patrik Shikdan beshtadan golga o‘zib ketdi.

Shuningdek, angliyalik futbolchi uzoq yillik faoliyati davomida ilk marotaba chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi.

Harri Keyn “Bavariya”dani debyut mavsum – o‘tgan yili ham Bundesliga to‘purari bo‘lgan edi. O‘shanda tajribali forvard 32 ta o‘yinda 36 ta to‘p kiritgan.

Umumiy hisobda, Keyn ikki mavsum davomida “Bavariya” jamoasi safida jami 91 ta o‘yinda qatnashib, 82 ta gol va 24 ta assist muallifi bo‘ldi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!