
Superklub 15 nafar futbolchidan voz kechdi
“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida tarkibda juda katta o‘zgarishlar qiladi. Londonliklar yangi loyihani amalga oshirishga kirishdi.
“Aristokratlar” Jovanni Kendi va Dario Essugu singari yosh va iste’dodli o‘yinchilar uchun 60 million funt miqdorida xarajat qilishga rozi bo‘ldi. Yangi o‘yinchilarni olish mavsum yakunlanganidan keyin ham davom etadi.
Shu bilan birga klub mutasaddilari murabbiylar ishonchini oqlamagan o‘yinchilardan 15 nafari sotib yuborib, g‘aznaga 340 million funt tushum qilishni rejalashtirmoqda.
Yozda sotib yuboriladigan o‘yinchilar ro‘yxati va ularning narxlari quyidagicha ko‘rinish olgan:
Kepa — £10 mln
Robert Sanches — £15 mln
Trevo Chaloba — £15 mln
Xamfris — £10 mln
Aksel Disasi — £25 mln
Gabriel Veyga — £30 mln
Ben Chiluell — £5 mln
Lesli Ugochukvu — £25 mln
Karni Chukvuemeka — £40 mln
Kirnan Dyusberi-Xoll — £25 mln
Joau Feliks — £35 mln
Raxim Sterling — £10 mln
Noni Madueke — £50 mln
Kristofer Nkunku — £40 mln
Armando Broya — £5 mln.
Bu transferlardan keladigan summa jamoaga yangi ijrochilarni olib kelish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.
Fikrlar