
Superklub 8 futbolchini haydamoqchi
Angliya Premer-ligasining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Arsenal” yangi mavsum boshlangunga qadar tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.
Klub sport direktori Andrea Berta bir necha o‘yinchi bilan xayrlashish rejasini amalga oshiryapti. The Athletic nashrining yozishicha, Berta o‘tgan mavsumda ijara asosida boshqa klublar sharafini himoya qilgan Fabiu Vieyra, Reyss Nelson, Albert Lokong, Karl Xeynning agentlariga agar bu futbolchilar bo‘yicha taklif tushsa, “kanonirlar” uni ko‘rib chiqishini bildirgan.
Shuningdek, “to‘pchilar” safini ichki raqobatda jamoadoshlaridan ortda qolayotgan Aleksandr Zinchenko va Yakub Kivyor ham tark etishi kutilyapti.
Klub voz kechishga tayyor o‘yinchilar ro‘yxatida qanot hujumchilari – Leandro Trossar va Gabriel Martinelli ham bor.
Fikrlar