Superklub Azar bo‘yicha “Real” bilan muzokara boshladi

  • 13 oktabr, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati ikki yil muqaddam “Real”ga sotib yuborilgan Eden Azarni yana ortga qaytarmoqchi.

Tecno

“Qirollik klubi”ga 115 million evroga olib kelingan belgiyalik hujumkor futbolchi Ispaniya chempionatida o‘zini ko‘rsata olmadi. Madridliklarning yangi murabbiyi Karlo Anchelotti ham Azardan samarali foydalana olmayapti.

Eden joriy mavsumda mamlakat chempionatida ettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi xolos. Umuman olganda esa, bu futbolchi ikki yil davomida 51 ta o‘yinda 14 ta gol urgani klub prezidenti Florentino Peresni qoniqtirmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” mutasaddilari Azar transferi bo‘yicha madridliklar bilan muzokarani boshlagan va belgiyalik hujumkor futbolchi yanvar oyida Angliya chempionatiga qaytib ketishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!