
Superklub bosh murabbiyni haydagach, futbolchilar jamoadan ketishga qaror qildi
“Tottenxem” Evropa ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritib, 17 yillik sovrinsiz seriyaga chek qo‘yganiga qaramay, ichki chempionatdani past natijalar sababli bosh murabbiy Ange Postekogluni iste’foga chiqargan edi.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, bu qaror jamoa ichida futbolchilarning noroziliklarini keltirib chiqargan.
Manbaga ko‘ra, o‘yinchilarni nafaqat bosh murabbiyning ishdan olingani, balki iste’foning shakli ham hayron qoldirgan.
Endi ayrim etakchilar yozgi transferlar davrida boshqa jamoaga o‘tish variantlarini ko‘rib chiqishga kirishdi. Ular jamoaning kelajagiga va kelasi mavsumdan yuqori o‘rinlar uchun kurashishiga shubha bilan qaramoqda.
Fikrlar