Superklub futbolchini Saudiya Arabistoniga ketishiga yo‘l qo‘ymadi

  • 11.09.2026 07:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning «Yuventus» jamoasi himoyachisi Federico Gatti yozgi transfer oynasi davrida klubini tark etishi mumkin edi. Bu haqida insayder Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, italyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionati klublari tomonidan qiziqish bo‘lgan, biroq kelishuv amalga oshmagan. 

Shuningdek, A Seriya vakili «Napoli» ham Gattini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan.

28 yoshli himoyachi «Yuventus» tarkibiga 2022 yil yanvar oyida qo‘shilgan. U bilan amaldagi shartnoma 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 14 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!