Superklub "Manchester Siti" himoyasigа ko‘z tikdi

  • 22.08.2026 10:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Milan» mudofaani kuchaytirishga kirishdi. Italiya matbuoti xabariga koʻra, «Milan» yozgi transfer oynasidan foydalanib, yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Klub roʻyxatidagi asosiy nomzodlardan biri sifatida «Manchester Siti» yetakchi himoyachisi Ruben Diash tilga olinmoqda. Biroq bu transfer oson va arzon tushmasligi taʼkidlanmoqda. 

Portugaliyalik futbolchining «Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan boʻlib, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bor. Transfermarkt portali Diashning bozor qiymatini 55 million yevro atrofida baholamoqda.

Ruben Diash «Manchester Siti» tarkibida Angliya premyer-ligasida jami 187 oʻyin oʻtkazgan. Shu vaqt mobaynida u «gol plus pas» tizimi boʻyicha jami 36 ochko toʻplagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!