Superklub osiyolik o‘yinchidan voz kechdi

  • 5 iyul, 10:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiya terma jamoasi himoyachisi Takexiro Tomiyasu Londonning “Arsenal” klubini tark etdi. Bu haqda “kanonirlar” rasmiy sayti ma’lum qildi.

Tecno

Tomiyasu “Arsenal”ga 2021 yili Italiyaning  “Bolonya” klubidan transfer qilingan edi. Shu paytga qadar yapon himoyachisi “kanonirlar” safida 84 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Takexiroga lonlonliklar jamoasida o‘zini ko‘rsatishi va tarkibdan muqim joy olishi uchun bir necha marotaba jarohat olgani xalaqit qildi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni muddatidan oldin bekor qildi.

Endi 26 yoshli futbolchi jarohatlaridan qutilganidan keyin o‘ziga yangi jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.  Tomiyasu 2018 yildan beri Yaponiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi hozirgacha 42 ta xalqaro uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!