Superklubda o‘zini ko‘rsata olmagan yulduzni beshta klub so‘rayapti

  • 20.02.2026 11:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida “Chelsi” sharafini himoya qilayotgan hujumchi Liam Delap joriy mavsum yakunlangandan keyin yozgi transferlar davrida jamoadan ketishi kutilyapti.

Caught Offside nashri ma'lumotiga ko‘ra, London klubi forvardni sotib yuborish variantlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Ayni paytda angliyalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga “Nyukasl”, “Brayton”, “Sanderlend” va “Everton” qiziqish bildirmoqda.

Agar Delap arzonlashtirilgan narxda transferga qo‘yilsa, uni 2025 yilda sotib olmoqchi bo‘lgan “Manchester Yunayted” ham transferga bo‘lgan qiziqishini qayta tiklashga tayyor.

Liam Delap 2025 yilning yozida “Ipsvich”dan “Chelsi”ga 35 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2031 yilning 30 iyunigacha amal qilishi belgilangan.

“Chelsi”dagi debut mavsumidayoq Liam Delap “aristokratlar” kutgan samarador o‘yinchi bo‘lib chiqmadi. U barcha musobaqalarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, ikki gol urdi va to‘rtta golli uzatma berdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!