
Superklubning ikki transferi “rasvo” chiqdi
Bundesliga grandi “Bavariya” yangi futbolchi olish masalasiga juda jiddiy yondashadi. Biroq bu klub mutasaddilari ham o‘yinchi tanlashda xatoga yo‘l qo‘ygan vaziyatlar uchrab turadi.
Klub 2024 yili amalga oshirgan ikkita transfer o‘zini oqlamadi. Endi “Bavariya” qanot hujumchisi Brayan Saragosa va himoyachi Sasha Boedan tezroq qutilishga harakat qilmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Ispaniyalik qanot hujumchisi Saragosa “Granada” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Myunxenliklar bu futbolchini avval yarim mavsum sinab, o‘tgan yozda to‘liq transfer qilgan edi. Brayan joriy mavsumni ijara asosida “Osasuna”da o‘tkazmoqda. Lekin uning ispan klubida 23 ta uchrashuvda bitta gol urgani “Bavariya”ni qoniqtirmayapti.
Frantsiyalik himoyachi Boe uchun “Bavariya” 2024 yilning yanvarida “Galatasaroy”ga 30 million evro to‘lagan edi. Biroq bu o‘yinchi hozirga qadar barcha turnirlarda 17 marotaba maydonga tushdi va o‘z iqtidorini ko‘rsata olmadi.
Manbaning ta’kidlashicha, myunxenliklar har ikki futbolchini yozgi transferlar davrida boshqa klublarga sotib yuborishni mo‘ljallamoqda.
Fikrlar